Huawei 1
"Hisor" davlat qo‘riqxonasida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i kamera obyektiviga muhrlandi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi xodimlari  tomonida o‘rnatilgan fotoqopqonning kamera obyektiga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i muhrlangani ma’lum bo‘ldi.

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i sut emizuvchilar sinfiga mansub hamda Pomir, Tyan-Shan, Himolay va Hisor tog‘larida yashaydigan ayiqlarning alohida turi bo‘lib, O‘zbekistonning  "Qizil kitob"iga yo'qolib borayotgan tur sifatida kiritilgan.

"Hisor" davlat qo‘riqxonasida ham doimiy muhofazaga olingan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin ushbu kamera obyektiviga qor qoploni va Turkiston silovsini muhrlanganligi haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12903 | Инструменты