Huawei 1
Homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdori 34 milliongacha etib belgilanadi

Soliq kodeksi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Qonunchilik palatasining majlisida mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning qayd etishicha, ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni ommalashtirish maqsadida homiylik tashkilotlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga yoki “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar aʼzolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 34 mln. so‘mgacha etib belgilash nazarda tutilmoqda. Amalda bu miqdor 15 mln. so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat bojining belgilangan stavkasini 2 baravarga kamaytirish belgilanmoqda.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining turmush darajasi yaxshilanishiga, ularning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga hamda asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42318 | Инструменты