Huawei 1
“Hududgaztaʼminot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi

11 dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslari bilan taʼminlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev ayrim maʼlumotlarni ochiqladi.

Bosh prokurorning maʼlum qilishicha, “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan «Hududgaz Toshkent» filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Olmaliqda g‘isht zavodi katta hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni “Olmalik g‘ishtchi” MCHJ va “Olmaliqshahargaz” filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tekshiruv davomida maʼlum bo‘lishicha, viloyat gaz taʼminoti tashkiloti rahbari prokuraturaga mazkur korxonaning faoliyat yuritishi zarurati to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, buni maʼlum eksportchilar ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohlagan. Bu ma'lumot esa yolg'on bo'lib chiqqan. 

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111619 | Инструменты