Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi
12 dekabr kunidan boshlab “Humo Air” MCHJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida soat 10:00da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.
Shuningdek, yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты