Milliy banklararo protsessing markazi (Humo to‘lov tizimi) boshqaruvida yana rahbar o‘zgardi. Tegishli ma’lumotlar Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilingan.
Kuzatuv kengashining 20-maydagi qarori bilan joriy yilning mart oyida MBPM boshqaruvi raisi etib tayinlangan Maksimov Aleksey Yurevichning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.
O‘z navbatida, uning o‘rniga Humo rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Muxitdinov Maqsadjon Mansurovich tayinlandi. Bungacha u Humo rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Maqsadjon Muhitdinov bozor iqtisodi tamoyillari asosida iqtisodiy siyosatni, iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini, texnik rivojlanish siyosatiga javob bergan. Shuningdek, u o‘z vakolati doirasida dumaloq muhri bilan tasdiqlangan moliyaviy, bankka oid va boshqa texnik hujjatlarni imzolash huquqiga ega (ishonchnoma bo‘yicha) bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71602 | Инструменты