Huawei 1
IATA O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) mintaqaviy vitse-prezidenti Rafael Shvartsman bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda IATA tomonidan O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning muhim yo‘nalishlari muhokama etildi.

R. Shvartsmаn so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini yuqori baholab, ushbu jarayonda transport infratuzilmasi kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida I.Maxkamov aholi mobilligini oshirish, hududlarning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish muhimligini qayd etib o‘tdi.

Uchrashuvda yakunida tomonlar aviatsiya transportini rivojlantirishning qo‘shma strategik rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122302 | Инструменты