Huawei 1
Ichimlik va oqova suv narxlari oshirilmoqda

Nurafshon shahrida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tomonidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv obyektlari faoliyati va kelgusidagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Ma'lum qilinishicha, 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturiga asosan jamiyatning 11,2 milliard so‘m mablag‘lari evaziga 170 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i mukammal va joriy ta’mirlandi.  

Shu bilan birga, mavjud suv inshootlari samaradorligini oshirish uchun 41 ta nasos agregati o‘rnatildi. Amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash ishlari sababli viloyat bo‘yicha mavjud ichimlik suvi tarmoqlaridagi texnologik yo‘qotilish darajasi 2,6 foizga qisqardi.  

2024 yil 20 fevraldan boshlab aholi uchun ichimlik suvi 2 ming so‘m, byudjet tashkilotlariga esa 9 ming so‘m etib belgilanmoqda. Shuningdek, hisoblash uskunalari bo‘lmagan holatlarda sovuq suv xizmati bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tariflarga oshib boruvchi 1,5 koeffitsiyentni qo‘llagan holda hisoblanadi. Bosh muhandis Ozod Norboyev bu holatni energiya ta’minoti, xizmatlar va zarur asbob-uskunalarning narxlari oshgani bilan izohladi.  

Tadbirda yangi ichimlik suvi quvurlarini o‘rnatish, ta’mirtalab ob’ektlar bo‘yicha uchrayotgan muammolarga to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng jurnalistlar Nurafshon shahridagi oqova suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda hududdagi 40 foiz aholi turar joylari va davlat tashkilotlaridan chiqayotgan 4 ming kub metr oqova suv qayta ishlanmoqda.  

Mavjud texnikalar Germaniya va Rossiya davlatlaridan keltirilgan. Jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan va buning uchun 11 nafar ishchi biriktirilgan. Suvning tozalanish sifati esa laboratoriya sharoitida muntazam tekshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51610 | Инструменты