Huawei 1
Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi

Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 15 mayga mo‘ljallangan muzokarlari juma, 16 may kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Kommersant»ning yozishicha, Ukraina delegatsiyasi 15 may kuni Istanbuldagi Dolmabahche saroyiga yetib kelgan — uchrashuv aynan shu yerda o‘tkazilishi kerak.

Istanbulda 15 may kuni muzokaralar o‘tkazish tashabbusi Vladimir Putinga tegishli — u YeI davlatlari va AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi chaqirig‘iga javoban ushbu taklifni bildirgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo Rossiya prezidenti muzokaralarga o‘z yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegatsiyani yubordi.

Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi tarkibi «Moskvaning Istanbuldagi muzokaralarda jiddiy qaramayotganidan» dalolat berishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Ukraina prezidenti Donald Trampga hurmat yuzasidan uchrashuvga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi. Shuningdek, Zelenskiy muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini ham tasdiqladi. Undan quyidagi mas’ullar o‘rin oldi:

  • Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa;
  • Ukraian xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Aleksandr Poklad;
  • Tashqi razvedka xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Oleg Lugovskiy;
  • Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksey Shevchenko;
  • Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiy;
  • Havo kuchlari qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari Yevgeniy Shinkarev;
  • Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Dyakov;
  • Qurolli kuchlar Bosh shtabi Markaziy yuridik boshqarmasining xalqaro va operatsion huquq bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Malovatskiy;
  • Qurolli kuchlar Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasining katta ofitseri Aleksandr Sherixov;
  • Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni apparati protokol bo‘limi ofitseri Georgiy Kuzmichev;
  • Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksandr Bevz.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51614 | Инструменты