Huawei 2
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinganini ma'lum qildi

Avvalroq, Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘lishi haqida xabar bergan edik

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev mazkur yangilik noto‘g‘ri talqin qilinayotgani maʼlum qilib, kiritilayotgan o‘zgartirish mohiyatini tushuntirib berdi.

Uning tushuntirish berishicha, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuboriladi. Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga