Huawei 1
IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar vazirligining  1-sonli Toshkent akademik litseyi saf maydonida  bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Vazirlik hamda Toshkent shahar IIBB rahbariyati, faxriylar, aziz ustozlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, har bir bitiruvchi kelgusida o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishini oldiga maqsad qilib ta’lim muassasasini bitarar ekan bu kabi ezgu niyatlar bayramga yanada o‘zgacha shukuh olib keldi. So‘zga chiqqan mehmonlar hamda bitiruvchilar tadbir so‘ngida o‘zlarining iliq fikrlari va tilaklarini bildirib, kelgusida ichki ishlar organlari safida xizmat qilishdek oliy maqsadga erishishlarida zafarlar tilashdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk yoshlarni tarbiyalash, o‘quvchilarni Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli chuqur tayyorlash hisoblanadi. Shu kabi vazifalarni hayotga tadbiq etish borasida Ichki ishlar vazirligining  1-sonli Toshkent akademik litseyida professor-o‘qituvchilar tomonidan uzluksiz o‘quv jarayonida yoshlarga Vatanni sevish, jinoyatchilikka murosasiz qarshi kurashish borasida bilim va ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

Aytish joizki bu kabi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kelajak uchun yuksak poydevor hisoblanadi. 


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты