“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” nomli soxta bot orqali moddiy yordam ajratilganligi haqida yolgʻon ma’lumotlar tarqaldi

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” nomli soxta bot orqali turli toʻlovlar va moddiy yordam ajratilganligi haqidagi yolgʻon ma’lumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma'lum qilinishicha, mazkur soxta botda mablag‘larni plastik kartaga yuklab berish haqidagi yolg‘on xabar orqali fuqarolarning shaxsiy va bank kartasiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

"Hurmatli fuqarolar, Iltimos, yolg'on ma’lumotlarga ishonmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang!

Pensiya va nafaqalarga oid rasmiy va ishonchli ma’lumotlarni va barcha yangiliklarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz yoki 11-40 telefon raqamli “Call markazi”dan sizni qiziqtirgan barcha savollarga aniqlik kiritishingiz mumkin", - deya ta'kidlanadi jamg'arma xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты