“2025–2027 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (454-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan, budjet tizimining budjetlari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo'yicha o'tkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam bo'lgan obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablag'lari ajratiladi, keyingi to'lovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
2026-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarining qiymati BHMning 6 ming baravaridan ortiq bo'lgan loyihalar (obyektlar) bo'yicha quyidagilar tomonidan ekspertizadan o'tkaziladi:
2025-yil 1-aprelgacha qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarini to'liq raqamlashtirish orqali shaffof tizim joriy etilishi ta'minlanadi.
2025-yil 1-iyulgacha namunaviy va takroriy qo'llanadigan loyiha hujjatlari bo'yicha elektron kataloglarning yaratilishi hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi ta'minlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122702 | Инструменты