O‘zbekiston prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida" farmoni imzolandi.
"Mamlakatda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (o‘n sakkiz million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin" , deyiladi farmon matnida.
Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda urush qatnashchilari va nogironlariga mukofot puli miqdori 2 mln so‘mni tashkil etgan, 2018-yilda – 5 mln so‘m, 2019 yilda – 7,5 mln so‘m, 2020-yilda – 10 mln so‘m, 2021-yilda – 12 mln so‘m, 2022-yilda esa – 15 mln so‘m bo‘lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12308 | Инструменты