Italiya A Seriyasi 31-turidagi “Roma” — “Yuventus” uchrashuvi 6-aprel kuni o‘tkazildi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Rimliklarning yagona goli Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi.
Dastlab hisob 40-daqiqada Turin klubi tomonidan ochildi. Manuel Lokatelli Svilar darvozasiga gol urib, “Yuventus”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi taymning 49-daqiqasiga kelib, burchakdan uzatib berilgan to‘pni Eldor Shomurodov raqib darvozasiga kiritib qo‘ydi va tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
O‘yinning qolgan daqiqalari ham qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi, lekin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Ushbu natijadan keyin “Yuventus” ockolari sonini 56 ballga yetkazib, turnir jadvalining 5-pog‘onasidan joy oldi. “Roma” 53 ball bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41114 | Инструменты