Huawei 1
ILMA yana bir kompaniyaga kriptosohadagi faoliyat uchun litsenziya berdi

12-mart kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Asterium” kompaniyasiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati uchun litsenziya berildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, agentlik direktorining joriy yilning 11-fevralidagi tegishli buyrug‘i bilan kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi o‘n birinchi kripto-do‘konga aylandi.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Asterium” joriy yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan.

Kompaniya axborot texnologiyalari va kompyuter tizimlari sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi 30 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, “Asterium"ning 100% ulushiga Maxmudov Sanjar Yuldashevich egalik qiladi. Uning rahbari Sultonov Komilxo‘ja Abdukarim o‘g‘li hisoblanadi.asterium, ilma, kriptovalyuta, litsenziya

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32018 | Инструменты