Hukumat qarori (583-son, 15.09.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi”ning ustavi tasdiqlandi.
Ustav Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ustavga ko'ra, islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma'rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo'nalishlarini ilmiy asosda o'rganish va keng ommaga yetkazish Markazning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Markaz o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi, jumladan:
- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari tomonidan yozilgan aqida va kalom ilmlariga oid asarlarning tadqiqiga oid ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;
- islom dinining ilm-ma'rifat, bunyodkorlik va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga bag'ishlangan tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Markaz faoliyatini qo'llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo'yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91613 | Инструменты