Isroil harbiylari hisob-kitoblariga ko‘ra, Isroil quruqlikdagi hujumlarini kuchaytirishdan avval evakuatsiya qilinganini e’lon qilganidan keyin G‘azo shahrini 300 mingdan ortiq aholi tark etgan. Bu haqda 14-sentabr kuni The Times of Israel nashri xabar berdi.
“Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, 300 mingdan ortiq falastinlik G‘azo shahridan Sektorning boshqa hududlariga evakuatsiya qilingan”, — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, shaharda 1 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi va harbiy hisob-kitoblarga ko‘ra, evakuatsiya kutilganidan ham sekinroq davom etmoqda.
Avvalroq, 20 avgust kuni ID G‘azo shahriga hujum boshlagan edi. Uni qo'lga olish operatsiyasiga tayyorgarlik ko'rish uchun ID 60 000 askarni zaxiradan chaqirdi va 20 000 zahiradagi askarni xizmat muddatini uzaytirdi. Operatsiya "Gidyon aravalari 2" deb nomlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91519 | Инструменты