Huawei 1
“Imzo Akfa” kompaniyasining rasmiy filiali Jizzaxda ham ish boshladi

O'zbekiston va MDH davlatlarida oyna hamda eshik konstruksiyalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanmish “Imzo Akfa” bugungi kunga kelib mijozlarning ishonchi qozonishga ulgurdi. Ushbu fabrika “Akfa” plastik va alyumin profillar kompaniyasining innovatsion g'oyasi sanaladi. Hozirgi kunda “Imzo Akfa” brendi ostida turli xildagi sifatli oyna va eshiklar ishlab chiqarilmoqda. Fabrika xizmat ko'rsatish va hududlar qamrovini kengaytirish maqsadida yurtimiz bo'ylab show-room hamda dillerlik markazlarini ochmoqda. Hozirga qadar “Imzo Akfa” brendining Andijon, Namangan, Samarqand, Buxoro kabi viloyatlarda show-room`lari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

Deraza va eshiklarni ishlab chiqarishda materialning sifati muhim rol o'ynaydi. “Imzo Akfa” fabrikasi mahsulotlari yurtimiz iqlimiga moslashtirilgan “Engelberg” va “Akfa” brendlarining yuqori sifatli materiallaridan ishlab chiqariladi. Yevro standartlarga to'liq javob beruvchi mahsulotlar buyurtmachining tanloviga qarab turli rang va qulayliklarda taqdim etiladi. Bundan tashqari, fabrika iqlimga monand energiya tejovchi romlarni ham taklif etadi. “Imzo Akfa” fabrikasining o'ziga xosligi shundaki, u yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan.

Jizzax shaxrida “Imzo Akfa” brendining show-room`i ochilish marosimida viloyat xokimligi va fabrika rahbariyati vakillari dillerlik markazining kelgusidagi faoliyatiga omad tilab, uning vakillariga “Imzo Akfa” rasmiy guvohnomasini toshirishdi. Shundan so'ng, alvon tasma kesilib, show-room ochiq deya e'lon qilindi. Ikki yildan ko'proq davr mobaynida mamlakatimiz aholisi uchun xizmat ko'rsatib kelayotgan ushbu brend bugungi kunga kelib o'zini oqladi.

“Imzo Akfa” kompaniyasi bosh direktori o'rinbosari Aleksey Shpiko: Biz bu yerda ham show-room ochganimizdan mamnunmiz. Jizzax aholisi dillerlik markazimizga tashrif buyurib, kompaniyamiz konstruksiyalari sifatiga ishonch hosil qilishi mumkin. Xaridorlarga zamonaviy show-room`da O'zbekiston iqlimi uchun mos sifatli, eng so'nggi mahsulotlarimiz bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Mahsulotlarimiz nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlaridagi yagona yirik fabrikada ishlab chiqariladi. Butun O'zbekiston bo'ylab o'z filiallarimizni ochishni maqsad qilganmiz. Hozirga qadar bu rejani 50-60 foizini amalga oshirdik, yil yakuniga qadar buni 100 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz.

Qisqa muddat ichida milliy “Imzo Akfa” brendi O'zbekiston aholisini yanada sifatli mahsulot bilan ta'minlab, deraza ishlab chiqarish sanoatida texnologik taraqqiyotning yangi davrini boshlab berdi. Oyna-derazalar ishlab chiqaruvchi fabrika to'liq avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydi. Hozirda O'zbekiston bo'yicha “Imzo Akfa” kompaniyasining sifatli mahsulotlarini taqdim qiluvchi 25ga yaqin rasmiy show-room va 150 dan ortiq biznes sheriklar mavjud. Bugun ularning qatoriga Jizzax ham qo'shildi. Bunday xududiy show-room`larni tashkil etishdan asosiy maqsad esa tadbirkorlar va mijozlar hamkorligini integratsiya qilib, yaxlit bir hamkorlik maydonchasini tashkil etishdir.

Yangi rasmiy dillerlik markazida mazkur brend ostida ishlab chiqarilayotgan eshiklar, eng so'nggi namunadagi energiya tejovchi romlar, oyna sanoatining so'nggi ishlanmalari kabi 40 dan ziyod tayyor mahsulotlar taqdim etilmoqda.

Mahsulot ranggi va dizaynini tanlasangiz bas, qolgani markaz xodimlari tomonidan tezda amalga oshiriladi. 5 yillik kafolatga ega imzo mahsulotlari aytilgan manzilgacha tez fursatlarda bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, servis xizmatlari ham yo'lga qo'yilgan. Endilikda, Jizzax viloyatida yangi bunyod etiladigan xonadon va binolarda ham “Imzo Akfa” brendi ostidagi sifatli mahsulotlarni ko'rishimiz mumkin.

Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты