Paralimpiya sport turlari yana-da rivojlantiriladi

“Paralimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (373-son, 11.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parataekvondo, parasuzish, parapauerlifting, parao‘q otish) yana-da rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning quyidagi takomillashtirilgan tartibi joriy etiladi:

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sog‘lom sport guruhlarida ham shug‘ullanishi hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishiga sharoit yaratiladi;

- haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

- paralimpiyachilarni tayyorlashda ularning nogironlik toifasini (klassifikatsiyasini) barvaqt aniqlash amaliyoti joriy etiladi;

- paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning puxta tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida sport bazalari biriktiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121216 | Инструменты