JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi

11 dekabrdan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar sotuvining navbatdagi – tasodifiy tanlov bosqichi boshlandi.

Bunda chipta sotib olishni xohlovchilar FIFA rasmiy platformasi orqali ariza yuborishi talab etiladi.

O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislari ariza berish jarayonida «My Team Uzbekistan» bandini tanlab, o‘zbekistonliklar uchun ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta so‘rovi yuborishi mumkin.

Ariza berish 2026 yil 13 yanvarga qadar davom etadi. Chipta egalari 2026 yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va to‘lovlar arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari asosida avtomatik amalga oshiriladi.

Muhim eslatma: ayni paytda chiptalar narxi ma’lum emas. Narx 13 yanvar kuni chiptalar uchun ariza berish bosqichi tugagandan so‘ng, har bir o‘yinga bo‘lgan talab aniq tushunarli bo‘lganda belgilanadi. Bundan tashqari, o‘ynaydigan jamoalar, o‘yin o‘tkaziladigan joy, o‘yinning boshlanish vaqti va kuni kabi omillar ham inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichi o‘yinlarini quyidagi taqvim asosida o‘tkazadi:

- 17 iyun, Mexiko (Meksika), O‘zbekiston – Kolumbiya

- 23 iyun, Hyuston (AQSh), Portugaliya – O‘zbekiston

- 27 iyun, Atlanta (AQSh), Saralashdan o‘tgan jamoa - O‘zbekiston

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121212 | Инструменты