Huawei 1
Innovatsion rivojlanish vazirligida BAA sun’iy intellekt texnologiyalari ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Dubay shahriga ishchi safari davomida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sun’iy intellektni rivojlantirish markazi rahbari Sahir bin Halik bilan uchrashdi. 

Saudiya vakili 2017-yilda bu sohada 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ish boshlanganini ta’kidlab, BAAda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tajribasi joriy etilgan universitet faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘zbekistonlik yosh olimlarga treninglar, malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi haqida kelishdi.

Ma'lum bo'lishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi binosining ko‘rgazmalar zalida BAAning sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalari, mahsulotlari burchagi tashkil etiladi. 

Shuningdek, mazkur markazning «Future Lab» kelajak laboratoriyasida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Robototexnika va boshqa texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarning qisqa muddatli malaka oshirish va tanishuv dasturlariga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51710 | Инструменты