Huawei 1
Inson qon bosimi nega "o‘ynaydi"?

Qon bosimi — inson salomatligining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, organizm to‘qimalarida moddalar almashinuvini ta’minlaydi. Shu bois uning me’yordan ortiq pasayishi yoki ko‘tarilishi sog‘likka zarar yetkazishi mumkin.

Ammo ba’zi insonlar borki, ularda arterial bosim tez-tez “o‘ynaydi”. 

Xo‘sh, bu nima bilan bog‘liq?

Mazkur savolga oliy toifali shifokor Ra’no Nosirova javob berdi.

"Darhaqiqat, ayrim kishilarda ko‘pincha qon bosimi keskin pasayib, ba’zan ko‘tarilib ketadi. Har ikki holatda ham inson o‘zini yomon his qiladi. Bunga esa odatda qon tomirlarining vegetativ distoniyasi, ya’ni ularning kengayishi yoki torayishi sabab bo‘ladi", — deydi mutaxassis.

Qolaversa, me’yordan ko‘p qahva ichish, stress va ortiqcha aqliy yuklamali ish, surunkali uyqusizlik, endokrin o‘zgarishlar, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, psixo-emosional buzilishlar va ob-havo o‘zgarishi ham qon bosimining tez-tez “o‘ynashi”ga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, ayollarda hayz oldi sindromi, homiladorlikning muayyan bosqichlari, gormonal o‘zgarishlar va noto‘g‘ri ovqatlanish sababli bunday holat kuzatiladi.

Shu bois, avvalo, qon bosimining tez-tez o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan omilni aniqlash, buning uchun esa shifokorga murojaat qilish lozim. Mutaxassis tomonidan tayinlanadigan diagnostik tekshiruvlar esa bunday beqarorlikning asl sababini aniqlashga yordam beradi.

Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish qon bosimining me’yorda bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Mavzuga doir

Dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish pankreatitni keltirib chiqaradi(mi?)

Uchuq shamollash alomatimi? U yuqumlimi?

Gepatit B ga qarshi vaksina samaradorligini oshirish yo‘li topildi

Bemor o‘t pufagida tosh borligini umr bo‘yi bilmasligi mumkin! Mutaxassis ushbu kasallik sababi, xavfi va davolash usullari haqida ma'lumot berdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71809 | Инструменты