Huawei 1
Ishga tushgan Toshkent Janubiy vokzalidan fotoreportaj

4-aprel kunidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shu kuni barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent – Buxoro poyezdining ilk qatnovi yangi bunyod etilgan vokzaldan amalga oshirildi.

Poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turuvchi binolarning soni yana bittaga ko‘paydi. Vokzalga kirar ekansiz binoning o‘ziga xos dizayni e’tiboringizni tortadi. Qayd etish joiz ushbu mo‘jazgina vokzal qurilishiga 500 nafar quruvchi va 30 dan ziyod texnika jalb etildi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektarni tashkil qiladi. Hududda 14 metrlik ikkita zamonaviy favorra barpo etildi.

Fuqarolarning yo‘l hujjatlari va yuki faqatgina vokzalga kirishda tekshiriladi. Ularga bepul aravachalar xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Majmuada yo‘lovchilarning vaqtlarini tejash maqsadida 12 ta chiptaxona tashkil qilingan. Vokzal binosida kutish, VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, dam olish xonalari, mehmonxona va boshqa barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda yo‘lovchilar wi-fi xizmatidan ham foydalanishlari mumkin.

Vokzalda bir kecha kunduzda 17 ta mahalliy poyezd kutib olinadi va kuzatib qo‘yiladi. Har kuni Toshkent Janubiy vokzali jami 11 ming nafardan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60809 | Инструменты