O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatni tark etish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar qanday yo‘l bilan chiqib ketishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chiqib ketishi mumkin:
Qayd etilishicha, yuqoridagi chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Misr orqali
O‘zbekiston fuqarolari “Menaxem Begin” / “Taba” nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tib, Misrga vizasiz (“Sinay kirish muhri” orqali) kira oladi. “Sinay kirish muhri” 14 kungacha faqat Sinay yarimoroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas). 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart. “Taba”dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati bor.
Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):
Iordaniya orqali
“Shayx Husayn” (Bayt Shean shahri) yoki “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Iordaniya poytaxtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:
Elchixonaning bildirishicha, Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:
Zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin:
“Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishni va Frontorti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘raymiz”, deyiladi elchixona xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82808 | Инструменты