Huawei 1
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1073-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi.

Qonunga ko'ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- davlat hisobini yuritish;

- maqsadli ko'rsatkichlarni belgilash;

- issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo'yicha faoliyatni qo'llab-quvvatlash.

Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

O'zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to'liq tasarruf etiladi.

"Yashil" loyihalar to'g'risidagi ma'lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to'g'risidagi hisobotda ko'rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo'lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko'zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71603 | Инструменты