Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi (Interpol MMB) va AQSHdagi vakolatli organlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida jinoyat sodir etganlikda gumonlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi AQSHda qoʻlga olinib, yurtimizga qaytarildi.
Ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan — koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan. Interpol MMB tomonidan AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlari va AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan axborot almashinuvi va muzokaralar natijasida uning deportatsiya qilinishiga erishildi.
Qidiruvdagi shaxs 2025-yil 13-iyul kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va Interpol MMB xodimlariga topshirildi. Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71522 | Инструменты