Huawei 1
Tramp Ukrainani “Tomahawk” raketalari bilan ta’minlashni ko‘rib chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp uzoq masofali “Tomahawk” qanotli raketalarini Ukrainaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi The Washington Post (WP) 15-iyul, seshanba kuni manbasiga tayanib. Nashr maʼlum qilishicha, AQSh Eronga zarba berishda foydalangan “Tomahawk”ni yetkazib berish masalasi 11-iyul, juma kuniyoq muhokama qilingan, biroq bu raketalar Ukraina uchun qurollarning yakuniy roʻyxatiga kiritilmagan. Biroq, agar Tramp Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaror qilsa, Tomahawk keyinchalik Ukrainaga o'tkazilishi mumkin.

Pentagondagi manba, shuningdek, WP nashriga AQSh Ukrainada mavjud bo'lgan ATACMS raketalari masofasiga qo'yilgan cheklovlarni olib tashlashi mumkinligini aytdi. Bu qadam ukrainalik harbiylarga o‘zlarida mavjud bo‘lgan 18 ta ATACMS raketalaridan to‘liq masofada – 300 kmgacha foydalanish imkonini beradi. Bu Moskva yoki Sankt-Peterburgdagi nishonlarni urish uchun etarli emas, lekin Rossiya harbiy bazalari va aerodromlariga zarba berish kifoya. “Tomahawk” raketalari bilan Ukraina harbiylari Moskva va Sankt-Peterburgga yetib borishi mumkin edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71522 | Инструменты