Huawei 1
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (524-son, 20.08.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ( Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5 — 11-sinflarda taʼlim beriladi.

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Taʼlim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.

O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishqi taʼtilda 15 kun, yozgi taʼtilda 45 kun, jaʼmi 60 kunlik o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82615 | Инструменты