“Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–260-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.
2025 yildan har 2 yilda 1 marta sentyabr–noyabr oylarida Buxoro shahrida xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi o‘tkazib boriladi.
Birinchi Biyennale 2025 yil 5 sentyabr – 20 noyabr kunlari yuqori saviyada o‘tkaziladi.
Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi.
Biyennale o‘tkaziladigan 14 ta madaniy meros obyekti ko‘rgazma va tadbirlar, taʼlim va tadqiqot, ijodiyot va ishlab chiqarish jarayonlari uyg‘unlashgan kreativ klasterga aylantiriladi.
Dunyoga taniqli ijodkor, mutaxassis va oshpazlar ishtirokida keng jamoatchilik uchun 10 haftalik ilmiy-maʼrifiy, madaniy-ko‘ngilochar, sayyohlik va gastronomik dasturlar tashkil etiladi.
30 nafardan ortiq xalqaro ekspert, kurator va sanʼatshunoslar ishtirokida xalqaro akademik simpozium o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82613 | Инструменты