Huawei 1
Eron O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi shartnoma imzolanganini olqishladi

Eron tomoni O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi shartnoma va Xo'jand deklaratsiyasi imzolangani hamda Do'stlik stelasi ochilganini olqishladi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Eron tomoni Xo'jand shahrida O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi tarixiy shartnoma va Qo'shma deklaratsiya qabul qilinganini va uch mamlakat davlat chegarasi tutashgan joyda Do'stlik stelasi ochilganini qo'llab-quvvatlaydi.

Ismoil Baqoiyga ko'ra, bu Markaziy Osiyo davlatlarining bir-birining hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetini o'zaro hurmat qilish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Eron TIV matbuot kotibi, shuningdek, Eronning Markaziy Osiyo davlatlarining chegara nizolarini tinch yo'l bilan hal etish va mintaqalararo integratsiyani mustahkamlash bo'yicha sa'y-harakatlari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasiga to'xtaldi. "O'zbekiston-Tojikiston-Qirg'iziston uch tomonlama kelishuvi mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni kafolatlaydi hamda turli sohalarda o'zaro hamjihatlik va hamkorlikning yanada kengaytirishga zamin yaratadi, shuningdek, mintaqa davlatlarining iqtisodiy o'sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi", – dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40720 | Инструменты