Ushbu lavozimda J.Rahimov 2017-yil sentyabr oyidan buyon ishlab kelayotgan Aziz Muhiddinovni o'rnini egalladi.
Jaloliddin Rahimov Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvatlash bo'yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MJCH Bosh direktori etib tayinlandi. Ushbu xabar sayt ma'lumotnomalarida ham o'z tasdig'ini topgan.
Bunga qadar Aziz Muhiddinov ushbu lavozimni egallab kelayotgan edi. Qayd etish joiz, o'tgan so'nggi 11 oy davomida mazkur lavozimda to'rtinchi bor o'zgarish kuzatilmoqda.
Jaloliddin Rahimov UZINFOCOM markazini 2005 – 2012 yillarda ham boshqargan edi.
U Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. 1998-2005 yillarda “Uzmakom” QK, “Uzpak”, Milliy xavfsizlik kengashining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-yildan to bugunga qadar IT sohasining turli lavozimlarida ishladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31401 | Инструменты