Huawei 1
“Jamoat joylarida hushyor bo‘ling” — O‘zbekistondagi isroilliklar ogohlantirildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi urush tobora avj olib borayotgani bois O‘zbekistondagi isroilliklar ham ogohlantirildi. Bu haqda Isroilning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi voqealar tufayli Isroilning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston va Tojikistondagi isroilliklarga zarur yordam ko‘rsatmoqda. Milliy xavfsizlik kengashi esa xorijdagi barcha Isroil fuqarolarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan. Xususan, ulardan jamoat joylarida yahudiy yoki Isroil ramzlarini ko‘rsatmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda qayerda yashayotgani yoki qayerga sayohat qilmoqchiligi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirmaslik, Isroil yoki yahudiylik bilan bog‘liq ommaviy tadbirlardan qochish, mahalliy xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilish va xavf tug‘ilganda darhol ularning ko‘rsatmalariga amal qilish, jamoat joylarida hushyor bo‘lishni tavsiya qilgan.

Shuningdek, O‘zbekistondagi isroilliklardan faqat ishonchli taksi ilovalaridan foydalanish va tasodifiy mashinalarga chiqmaslik, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, darhol mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish (Turistik politsiya – 1173), shu bilan birga, voqea haqida Isroil Tashqi ishlar vazirligining 02-5303155 raqamidagi operatsiya markaziga xabar berish so‘ralgan.

Elchixona xabarida rus tilida yordam olish uchun +998931725800 tez yordam raqamiga (elchi o‘rinbosari va konsul Liron Mizraxi Unger) yoki Nativ hukumat tashkilotining favqulodda yordam markaziga +998900548139 (shu jumladan WhatsApp yoki Telegram orqali) kuniga 24 soat qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82822 | Инструменты