Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamshid Rajabovich Xudoyev nomzodi Jondor tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarori qabul qilinganligi deputatlarga ma’lum qilindi.
Jamshid Xudoyevni Jondor tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Ma’lumot o‘rnida, Jamshid Xudoyev 1983-yilda Jondor tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi - huquqshunos va iqtisodchi.
Xudoyev mehnat faoliyatini Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qorovulbozor tumani bo‘limi surishtiruvchiligidan boshlab, ushbu tizimning Buxoro shahar bo‘limi inspektori, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari boshqarmalari inspektori, Guliston shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2013-yildan beri tadbirkorlik tizimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda Jondor tumanidagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60901 | Инструменты