Soliq hisoboti shakllariga o'zgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o'zgartirishlarni  davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3221-8, 26.11.2025-y.).

Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to'ldirish bilan bog'liq bir qator yangiliklar belgilandi.

Yillik aylanmasi 1 mlrd so'mgacha YTTlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu bo'yicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizasiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo'llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.

Xalq deputatlari kengashlari ijara to'lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsientni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to'ldirish bekor qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты