Huawei 1
Jinoyat sodir etib qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Buxoroda jinoyat sodir etib qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Qorovulbozor tumanining “Bo‘zachi” mahallasida ro‘yxatda turuvchi S.J. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, suddan yashiringani sababli, Jinoyat ishlar bo‘yicha Qorovulbozor tumani sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Rossiya hududida yashiringan manzili aniqlanib, qo‘lga olindi va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40211 | Инструменты