Huawei 1
Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmi mobaynida 10 ta tuman hokimliklari va 9 nafar mahalliy davlat boshqaruvi organlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni talablari ijrosi yuzasidan 2 297 ta qaror, 1 662 ta Farmoyish, 148 ta ichki yig‘ilish bayonlari, 1 750 ta buyruq, 31 577 ta chiqim xatlar va 1 491 ta boshqa, jami 38 925 ta huquqiy-normativ hujjatlar xatlovdan o‘tkazildi.

Shundan jami 124 ta, yaʼni 78 ta qaror, 32 ta Farmoyish, 14 ta chiqim xatlarni qabul qilishda qonun talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Jumladan:

- Baxmal tuman hokimining 2023 yil 31 maydagi Farmoyishiga asosan “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturini tashkil etish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tarkibiga AT “Agrobank” va AT “Xalq banki” boshqaruvchilari, “Mikrokreditbank” va “Turonbank” Baxmal BXM rahbarlari hamda “O‘zagrosug‘urta” tuman bo‘limi rahbari kiritilgan.

- Do‘stlik tuman hokimining 2023 yil 28 dekabrdagi qaroriga asosan tuman hududidagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibiga tadbirkorlik subyekti rahbarlari, yaʼni “Jahongir Kamoltrans avto” xususiy firmasi rahbari, “Toxirbek Servis” MCHJ ishlab chiqarish texnika bo‘limi muhandisi va “Ali-Oil” ko‘p tarmoqli xususiy firmasi rahbari kiritilgan bo‘lib, aynan yuqoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bino-inshootlari tanlangan.

- Zafarobod tuman hokimining 2023 yil 14 iyundagi xatiga asosan Jizzax viloyati hokimiga 2023 yil manzilli dasturga kiritilgan obyektlar qurilishiga “Imronbek-Imona” MCHJ ni bosh pudratchi etish tavsiya qilingan.

- Mirzacho‘l tuman hokimining 2023 yil 10 martdagi qaroriga asosan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibiga “Mirzacho‘ltrans” MCHJ direktori hamda “Umid” tezkor taʼmir MCHJ katta ustasi kiritilgan bo‘lib, Texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyi sifatida 33 ta holatda “Umid” avtotexservis MCHJ binosi tanlangan.

- Forish tuman hokimining 2023 yil 20 yanvardagi qaroriga asosan transport vositalarini yillik Davlat texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibiga “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi AJ menejeri va AT “Xalqbanki” Forish tuman bo‘limi boshqaruvchilari kiritilgan.

Ish yurituvga olingan ishlar soni 4 tani tashkil etib, G‘allaorol, Paxtakor, Zafarobod tuman hokimliklari hamda viloyat Madaniyat boshqarmasiga Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi № 225-sonli qarori va tasdiqlangan nizomga asosan ish qo‘zg‘atildi va hududiy maxsus komissiyaning qaroriga asosan ko‘rsatmalar yuborildi.

Shuningdek 7 ta, yaʼni Zarbdor, Do‘stlik, Arnasoy, Mirzacho‘l, Yangiobod, Forish va Baxmal tuman hokimliklariga Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi №694-sonli qaroriga asosan qonun buzilish holatlarini to‘xtatish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda tuman hokimliklari tomonidan yuqoridagi hujjatlari bekor qilindi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты