Natijada 43 yoshli velosiped haydab ketayotgan shaxs vafot etdi
2022-yil 25-iyun kuni soat 21:20 larda Jizzax viloyati Do'stlik tumani "Manas" mahallasida yashovchi, 26 yoshli haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 mashinasi bilan o‘zidan oldinda harakatlanayotgan 43 yoshli velosiped haydab ketayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli kasalxonada ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Viloyat IIBning xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60903 | Инструменты