Huawei 1
Jizzaxda bir guruh qizlar “Er kerak” yozuvini ko‘tarib kelin ko‘ylaklarda ko‘chada yurdi

Ijtimoiy tarmoqlarda, Jizzax shahrida ekanligi aytilgan, bir guruh qizlarning kelinlik libosida «Er kerak» deb yozilgan qog‘ozlarni ko‘tarib, shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlangani aks etgan video lavha tarqalgan edi. Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan mas’ul idoralar bilan o‘rganish ishlari olib borilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Jizzax shahar  Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida  Eski shahar  dehqon bozori ro‘parasida 8 nafar qiz kelinlik ko‘ylaklari savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Gulruh» salonini reklama qilish maqsadida yuqoridagi holatga qo‘l urgan. Ushbu g‘oya tashabbuskori salon rahbari Sh.A. hamda bloger Sh.E.lar bo‘lgan.

Holat yuzasidan, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i darhol jarayonni to‘xtatib, qizlarga va go‘zallik saloni rahbariyatiga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilishi, milliy qadriyatlarni hurmat qilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

«Shu o‘rinda, bu kabi holatlarda jamoatchilikning ham e’tibori muhim ekanligi, arzimagan ko‘ringan bunday holatlar millat sha’niga, milliy qadriyatlarga zid ekanligiga alohida e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi», – deyiladi Boshqarma axborotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61818 | Инструменты