Huawei 1
Jizzaxda hokimlik yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida fuqaro hokimlik tasarrufida bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Baxmal tumanida yashovchi fuqaro hokimlik tasarrufida bo‘lgan “Mo‘g‘ol” QFY hududidagi 40 sotix yer maydonini noqonuniy o‘zlashtirib olib, boshqa bir fuqaroga 205 mln so‘m evaziga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42621 | Инструменты