“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” masjidlardan yillar davomida noqonuniy tarzda ortiqcha pul undirib kelgani aniqlandi. Bu haqda UzReport.news'ga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlardan, jumladan, masjidlardan jami 58 million 289,3 ming so‘m ortiqcha mablag‘ olingani aniqlangan.
Mazkur firibgarlik holatlari 2019 – 2021-yillar mobaynida sodir etilgan.
Avvalroq, “Andijon HETK” AJ tomonidan masjidlardan elektr energiyasi ta’minoti uchun ortiqcha mablag' undirilgani haqida xabar qilingandi. Unda korxona 2019-2021 yillarda viloyatdagi 44 ta diniy tashkilotlarga, shu jumladan masjidlarga aholi uchun belgilangan narx (295 so‘m) qo‘llanilmay, ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan narx (450 so‘m) qo‘llanilganligi aniqlangan.
Buning natijasida masjidlardan jami 74,3 mln so‘m ortiqcha mablag' undirilganligi aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111621 | Инструменты