Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I. N. va M. M. fuqaro S. G. ga 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 51 ming qalbaki AQSH dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 mln so‘mni jami 93 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 39,2 mln so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Jizzaxda qariyb 1 mlrd soʻmlik qalbaki pullarning muomalaga kiritilishining oldi olingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21023 | Инструменты