Huawei 1
Jizzaxda Qozon Federal universiteti filiali ochildi

Prezident qarori (PQ–5237-son, 28.08.2021-y.) bilan Jizzax shahrida gani ma'lum qilinmoqda. Qarorga koʻra, Filialda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

 geologiya;
 dasturiy injiniring;
;
 mashinasozlik;
 davolash ishi;
 stomatologiya;
 farmatsiya;
 tibbiy biokimyo.

Shuningdek, filial Qozon Federal universitetining (Rossiya Federatsiyasi) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Bunda kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa taʼlim shakllarida olib boriladi. Filialda taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

Qabul parametrlari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olib Filial tomonidan tasdiqlanadi. Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida taʼlim olgan muassasa bitiruvchilari 3 yildan kam boʻlmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan Oʻzbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.

Bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan Universitet Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yoʻnalishlarda oʻqishga qabul qilingan talabalar kelgusida oʻqishlarini Filialda davom ettiradi.2022-yil yakunigacha Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.

Izohlar: 59
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Elyor
    18
    Elyor 1 yil avval

    Qanday bog'lansak buladi tel nomer bormii

  • Choriyev abbos
    122
    Choriyev abbos 2 yil avval

    Qabul boshlansa yaxshi bulardi bu universitetda uqish niyatim bor INSHAOLLOH

  • CHORIYEV ABBOS
    35
    CHORIYEV ABBOS 2 yil avval

    Surxondaryo viloyati

  • Гавхар
    32
    Гавхар 2 yil avval

    Тиббий биокимйо


Tepaga