Huawei 1
Jizzaxda YPX xodimlarining formasida video ishlagan "vaynerlar" qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining formasida vayn ishlagan shaxslarning videosi tarqaldi. Video chki ishlar organlarini obro‘sizlantiruvchi gap-so'zlardan iborat bo'lgan. 

IIB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borgan va uni tayyorlagan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. To‘plangan hujjatlar hududiylik jihatidan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

“O‘zim vaynerman, odamlarga kulgili qisqa videolarni ulashish bo‘yicha ishlayman. Hozirgi videomizni ham Rossiya kanallarida ko‘rganman va tarjima qilib, o‘zimizda chiqardim. Bundan maqsad organ xodimlarining ustidan kulish emas, odamlarga sof kulgi ulashish edi”, — deydi ayblanuvchi.

Sud qarori bilan vaynerlardan biri Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, 15 sutka, sherigiga esa 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda Ichki ishlar xodimi kiyimida video olgan vaynerlar 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты