Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar bosharmasi Jizzax shahrida joylashgan istirohat bog‘idagi attraksiondan tushib ketgan yigit yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati FVB va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘rganishlar olib borilgan. Natijada ushbu voqea 1-iyun kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgani aniqlangan. Paxtakor tumanida yashovchi 17 yoshli M.O‘ oila aʼzolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan “O‘rda ekologik istirohat bog‘i”ga aylanish uchun borib, atraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, yaʼni attraksion to‘liq to‘xtamasdan oldin himoya kamarini yechib yuborgan.
Natijada u yiqilib tushgan, biroq hech qanday tan jarohati olmagani va mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo‘lmagani maʼlum bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50520 | Инструменты