Toshkent metrosida ilk bor ayol elektropoyezd haydovchilari paydo bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning “MIR” telekanali efirida maʼlum qilindi.
Ayni paytda ayol mashinistlar murabbiylar nazorati ostida ishlamoqda, ammo yaqin kelajakda ular tarkiblarni mustaqil ravishda boshqarishni boshlaydilar.
Ayol haydovchilar guruhiga birinchi tanlov o‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan eʼlon qilingan edi. Tanlovdan metropolitenning turli tuzilmalarida ish tajribasiga ega bo‘lganlar o‘tdi.
Suhbat, tibbiy komissiya va psixologik test sinovlaridan so‘ng 16 nafar xodim ishga qabul qilindi.
11 oy davomida qizlar jadal o‘qitildi: poyezdlardan foydalanish qoidalari, ularning texnik tuzilishi, shuningdek, pnevmatik uskunalarning ishlash tamoyillari o‘rganildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50523 | Инструменты