Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, aholi o‘rtasida quyosh panellari xavfsizligiga oid asossiz targ‘ibotlar uchrab turibdi. Uning ta’kidiga ko‘ra, Agrar universitetdagi yong‘in bo‘yicha “tomdagi quyosh panellari sabab bo‘lgan” degan mish-mishlar ham tekshiruvlarda tasdiqlanmagan.
“Aslida yong‘in yuzaga kelgan paytda quyosh panellari ishlamayotgan, ya’ni elektr energiyasini generatsiya qilmayotgan bo‘lgan. Ammo olov natijasida yorug‘lik paydo bo‘lganidan keyingina panellarda generatsiya kuzatilgan — bularning hammasi invertorda qayd etilgan. Biz tergov va so‘roq jarayonida barcha ma’lumotlarni ko‘rsatganimizdan keyin, tushunishdi”, — dedi vazir.
Ma’lumot uchun: 2024 yil 30 sentabr kuni Agrar universiteti binosida ro‘y bergan yong‘in 15 ta ekipaj jalb etilgan holda 2 soat davomida o‘chirilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102912 | Инструменты