Huawei 1
Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 90 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yil yanvar-noyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 90 239 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

- 82 009 tasi xarid cheki bermaslik;
- 4 021 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 192 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 4 017 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 49 937 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 34 551 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 31 350 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 21,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121614 | Инструменты