Huawei 1
Joriy yilda 34 ta subyektning 807 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari sifatsizligi aniqlandi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning I choragida qishloq xo‘jaligi sohasida kamchiliklar sodir etilishining oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida 21 462 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Shundan, 3 954 ta tekshirishlar davomida 1 921 ta holatda 284,2 mln so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, 354 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritilgan.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foylanilishi bo‘icha olib borilgan monitoringlarda 679 ta holatda 166 gektar yer maydonlarida qonunbuzilishlar bo‘yicha 98,1 mlrd. so‘m miqdorida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Aniqlangan yer qonun buzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan 413 ta material qonuniy qaror qabul qilish prokuratura organlariga kiritilgan.

Donnning tabiiy kamayish miqdori bo‘yicha 2024-yilning yanvar-mart oyida 5 ming tonna tabiiy yo‘qotish miqdorini iqtisod qilinishiga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122407 | Инструменты