Jurnalistika universiteti binosida darz ketgani bo‘yicha Qurilish vazirligi va oliygohning o'zi izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘quv binosining devorida yoriq yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan universitet Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu yoriq eski va yangi bino orasidagi chok bo‘lib, universitet binosidagi ta’mirlash ishlari vaqtida qurilish uskunalarining ishlatilishi natijasida yuzaga kelgan.
"Quruvchilar tilida bu issiq va sovuq ta’sirida doimiy harakatda bo‘luvchi ikki bino orasidagi chokdir. Mutaxassislar tilida bu "Temperaturniy shov" deyiladi. Bu holatning binoning cho‘kishiga aloqasi yo‘q. Chunki eski va yangi binolarning poydevori ham bir-biridan alohida", - deyiladi xabarda.
Yoriqning kelib chiqishi va bino devoridagi yoriq xavfining darajasini tegishli tartibda o‘rganish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.
Shuningdek, holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11805 | Инструменты