Huawei 1
Kadastr agentligi: Noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi

O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi. Bu haqda 24-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov ma’lum qildi

Mirmaqsudov joriy yil boshida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari majburiy ravishda elektr energiyasidan o‘chirilgani hamda ularga demontaj qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilganiga oid savolga tadbirkorlar faqat hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ogohlantirish olganini bildirdi. Uning qayd etishicha, yer nazorati tadbirlari muntazam amalga oshiriladi.

“Qonuniy hujjatga ega bo‘lmagan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha xat chiqarilib, rasmiy ogohlantirish berilgan. Lekin hech bir tashkilot, hech bir tadbirkorning zaryadlash uskunalarini demontaj qilish ishlari amalga oshirilmagan”, — dedi u.

Agentlik matbuot xizmati rahbari Ne’matjon Atamuratovning qo‘shimcha qilishicha, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari faoliyatini rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayon muntazam amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, Atamuratov stansiyalarga qo‘yilgan talab yer nazorati bo‘yicha olib borilgan ishlarning umumiy natijasi asosida belgilanishini qayd etdi. “Faqat demontaj qilish bo‘yicha topshiriq berilgan, deyish noto‘g‘ri, umumlashtirilgan holda ma’lumot taqdim etilgan bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

Bundan tashqari, Mirsaid Mirmaqsudov noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlarni demontaj qilish bo‘yicha ham nazorat ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Markaziy bank bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muntazam ravishda davom ettiriladi.

“Menda hozir qancha bankomatlarni demontaj qilib, oldirib tashlaganimiz haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Lekin ishlar doimiy tarzda amalga oshiriladi. Buni Markaziy bank yoki tijorat banklari ham tasdiqlashi mumkin”, — dedi Mirsaid Mirmaqsudov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33107 | Инструменты